3 dekabrь – Xalqaro nogironlar kuni deb e'tirof etilgan. Har yili mazkur sana doirasida nogironligi bo'lgan shaxslar duch kelayotgan muammolarni chuqurroq anglash, shunday masalalarni hal etish, ularning qadr-qimmati, huquqini himoyalash, turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar uyushtiriladi, moddiy ko‘mak ajratiladi. Mazkur sana har yili yurtimizda keng ko‘lamda nishonlanib, bu boradagi ezgu ishlarni yana bir bor saralanadi. Ayniqsa, shu kuni hasta va bemorlar, boquvchisini yo‘qotgan, yolg‘iz kishilar kabi mehrga muhtojlar holidan xabar olinadi. Ushbu sana munosabati bilan 7-B sinf o‘quvchilari o‘qituvchisi Kasimova Malika bilan birgalikda o‘z mahallasidagi nogironligi bulgan shaxslar holidan habar oldilar. Shuningdek uchrashuv davomida ular nogironlarga esdalik uchun o‘z sovg‘alarini topshirdilar.