Bugun maktab o‘quvchilari Navro‘z bayramiga bag‘ishlab tadbir uyushtirishdi. Barchamiz doimo orzuqib kutadigan va katta xursandchilik, shodiyona bilan o‘tkazadigan Navro‘z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, ko‘p ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi bo‘lib kelmoqda" desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Binobarin, Navro‘z eng ulug‘ qadriyatlarimizdan biri sifatida bugun qalblarimiz va ongu-shuurimizdan mustahkam o‘rin oldi. U ko‘hna olamning qayta yasharishi va yangilanishining betakror timsoliga, qolaversa, xalqimizning aziz va ezgu bayramlaridan biriga aylandi! Shu bois, maktab o‘quvchilari ham bahorning milliy taomlari bo‘lgan sumalak, ko‘k somsa, ko‘ch chuchvaralarni tayyorlab mehmonlarga taqdim etishdi.O‘zimizning milliy xalq qo‘shiqlari kuylandi, o‘quvchi yoshlar tomonidan she'rlar ham aytib berildi.Tadbir yuqori kayfiyatda o‘tkazildi.