Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 13-февраль 2025, 15:16
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabda tashkil etilgan "Yulduzcha" bolalar maydonchasi

Voyaga yetmagan yoshlarning yozgi dam olishlarini maroqli o‘tkazish, ular o‘rtasida sog‘lom muhitni to‘g‘ri shakllantirish maqsadida:
- bu yerda dam oluvchi o‘quvchi yoshlarimiz orasida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida insholar, rasmlar tanlovi, “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida sport musobaqalari keng turda o‘tkazilmoqda. Shuningdek, “Eng yaxshi kitobxon”, “Oromgoh yulduzlari”, “Bizning oromgoh bergan saboqlar”, “Iste’dodlarni izlaymiz”, “Farzand sog‘lom bo‘lsa - ona baxtiyor” mavzusida tanlovlar, “Tilaklar guldastasi”, “Dilkash davra maskanlari” bayram dasturi namoyish qilinib, “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas vatanim, jonim senga fido O‘zbekistonim” shiori ostida konsert dasturlari namoyish qilinmoqda.
Bolalarni iqtidorini qo‘llab quvvatlash maqsadida, guruhlar o‘rtasida har xil mavzudagi sahna ko‘rinishlari, spektakllar, ertaklar va musiqiy dasturlar o‘tkazilmoqda. Qolaversa “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman Kengashi tomonidan volontyorlar biriktirilib, bolajonlarga kunlik seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.