Bugun maktabimizda 1 dekabr kuni "Dekabr-ijtimoiy fanlar oyligi"ning ochilish marosimi bo‘lib o'tdi. Fan oyligi ochilishida maktab fayesida o'quvchilar tomonidan tayyorlangan Ona Vatanni madh etuvchi videorolik sadolari yangradi, shuningdek fan oyligi mazmuniga oid ko‘rgazmalar va devoriy gazetalar bilan bezatildi. O'quvchilar o‘zbek milliy qadriyatlariga munosib tarzda ustoz va o'quvchilarni kutib oldilar.