Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 13-февраль 2025, 15:16
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yunusobod tumanidagi 259-sonli umumta’lim maktabiga zamonaviy komp`yuterlar tantanali topshirildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil mart oyida Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida bir qator sohalarda, shu jumladan, axborot texnologiyalari sohasida ham hamkorlik kelishuvlariga erishildi. Birlashgan Arab Amirliklari hukumati loyihani O‘zbekistonga eksport qilish imkoniyatlarini o‘rganib, mamlakat sharotiga moslashtirish rejasini ishlab chiqdi va «One Million Uzbek Coders» deb nomlangan loyihani yo‘lga qo‘ydi.
Jumladan, 23.01.2023 yil kuni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 noyabrdagi “Yoshlarni “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini amalga oshirish bo‘yicha Yunusobod tumanidagi 259-sonli  umumta’lim maktabiga zamonaviy kompyuterlar tantanali topshirildi.             
Tadbirda Respublika ishchi guruh vakili A.Abduganiyev va Yunusobod tumani xalq ta’limi bo‘limi Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish sho’basi mudiri D.I.Mo‘minova ishtirok etdi.