![](/uploads/posts/2023-02/1675855357_photo_2023-02-08_15-30-59.jpg)
Chorshanba "Qizlar kuni" va 11 fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”ga bag‘ishlab 2023 yil 8 fevral kuni Yunusobod tumani 259-sonli umumta’lim maktabida ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda xotin - qizlarning ilmiy salohiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o`tdi.
Haftaligi doirasida Yunusobod tumani Nuroniylar kengashi raisi I.Ashralova, "Sobirobod" mahalla “Oqila ayollar” harakati a’zolarini maktabga taklif qilinib ular bilan hamkorlikda o‘quvchi qizlar hamda ularning ota-onalari ishtirokida “Bitta qiz bolani o‘qitsangiz – butun oilani o‘qitgan bo‘lasiz” mavzusida qizlarning zamonaviy ixtisosliklarga o‘qishlari, oliy ma’lumotli va olima ayollar bo‘lishlari, jamiyatda va oilada o‘z o‘rinlarini munosib egallashlari haqida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat jarayonida o'quvchi qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga janob oldilar.