Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 13-февраль 2025, 15:16
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"G`azal mulkining darg‘alari" mavzusida tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 9 fevral sanasida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 259-sonli maktabda Buyuk bobolarimiz Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "C'azal mulkining darg‘alari" mavzusida tadbir o‘tkazildi. Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan namunalar, sahna asarlari namoyishi, g‘azallarga uyg‘un raqslar tashkil etildi. Tashkil etilgan tadbirda Respublika Ma’naviyat Ma’rifat Markazi Yunusobod bo‘linmasi raisi Qobilov J.Q. va "Sobirobod" MFY fuqarolar yig‘ini raisi, oqila ayollar kengashi a’zolari hamda maktab xodimlari ishtirok etib, buyuk bobolarimiz, ularning asarlari mohiyati va bugungi kundagi ahamiyati haqida qimmatli fikrlarini bildirgan holda oʻquvchilarga omad tiladilar. Tadbirda jami 38 nafar ishtirokchilar qatnashdilar.