Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Irina Aleksandrovna tomonidan “Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam!” shiori ostida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirda, Yunusobod tumani 259-umumta'lim maktabi jamoasi ishtirok etdi. Jumladan, ochiq muloqot davomida barchani xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beruvchi qomusimizga befarq bo‘lmasdan, 30-aprel sanasida bo‘lib o‘tadigan referendumda faol bo‘lishga chaqirildi