Yunusobod tumanidagi axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitob-tafakkur xazinasi!” mavzusida ma’naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda "Islomobod", “Shodlik”, “Sobirobod” mahalla faollari, tumandagi 72-, 259-, 271-maktabning kitobsevar o‘quvchilari ishtirok etishdi. Tadbirda kitobxonlar tomonidan she'r va qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi. “Kitob bilan yuksalish sari!" ko'rgazmasi taqdim etildi va kutubxonaga sayohat o‘tkazildi. "Kitobxonlik haftaligi" doirasida yangi adabiyotlar taqdimotlari, o‘quvchilar ishtirokida “Mening sevimli qahramonim!" rasmlar tanlovi, "Mening kutubxonam” rasmlar tanlovi, viktorina o‘yinlari va yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Haftalik yakunida faol ishtirok etgan kitobxonlar taqdirlanadi.