Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 20-февраль 2025, 18:03
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"11-oktyabr - Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan "Qiz bola shaʼni-qiz bola nomusi" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Yunusobod tumani 259-maktabda bugun 9-10-11-sinf oʻquvchi qizlari bilan "11-oktyabr - Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan "Qiz bola shaʼni-qiz bola nomusi" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbatida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan bolalar shoiri, "Shuhrat" medali va "Oliy taʼlim aʼlochisi" sohibasi TPTI dotsenti K.Sh.Turdiyeva hamda TPTI dotsenti, shoira M.Devorova mehmon sifatida tashrif buyurishdi. Suhbat davomida oʻquvchi qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.