Joriy yilning 29-avgust kuni Yunusobod tumani 259-maktabda pedagogik kengash o‘tkazildi. Pedagogik kengashda 2024-2025 o‘quv yiliga tayyorgarlik, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli, 2024-yil 12-iyundagi 187-sonli hamda 2024-yil 23-avgustdagi 273-sonli buyruqlari ijrosini ta'minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Pedagogik kengashda barcha pedagog xodimlar hamda maktab ma'muriyati ishtirok etishdi.