Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 13-февраль 2025, 15:16
 Bosh sahifa  Mobile versiya

RASMIY MUNOSABAT


Yunusabatsi 24 telegram kanalida "Yunusobod tumanidagi 259-sonli umumta’lim maktabi issiqlik ta’minotidagi muammolar va maktab oshxonasida taqiqlangan mahsulotlar sotilayotganligi haqida joylangan post yuzasidan mas’ul idoralar vakillari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi. 
Aniqlanishicha, maktab binosi joriy yilda mukammal ta’mirdan chiqarilib, issiqlik tizimi to‘liq yangilangan va zamonaviy Qurilmalar bilan jihozlangan.
O‘rganish jarayonida, issiqlik tizimi ish samaradorligini oshirish uchun o‘rnatilgan qurilmalar sinovdan (opresovka) o‘tkazildi va isitish mavsumiga shay holatdaligi aniqlandi. Maqoladagi holatlar muqaddam ta’mirlash jarayonida videotasvirga olinganligi sababli hozirgi kundagi holatga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi, hozirda, sinf xonalarida havo haroratining o‘rtacha ko‘rsatkichi +18 - +20°S ni tashkil qiladi. Shuningdek, maktab oshxonasida ham issiqlik tegishli me’yorlarga to‘liq javob berishi aniqlandi. Bundan tashqari, ta’lim maskanini muqobil ravishda issiq suv bilan doimiy ta’minlash maqsadida maxsus geliokollektorlar o‘rnatilib, ishga tushirilmoqda Shuningdek, o‘rganishda maqolada qayd etilgan "Brakerajkomissiyasi" hujjatlarida taqiqlangan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan oziq-ovqatlar sotilayotganligi holati o‘z tasdig‘ini topmadi.