Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 12-февраль 2025, 19:56
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Milliy gvardiya bilan hamkorlikdagi ishlar muhokama qilindi


Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova hamda Milliy gvardiya qoʻmondoni, general-mayor Rustam Joʻrayev ishtirokida umumtaʼlim maktab oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasi hamda davomatini yaxshilash borasidagi hamkorlik ishlarini yanada kengaytirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

📍 Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazirlik hamda Milliy gvardiya masʼul xodimlari, umumtaʼlim maktablarida mehnat qilayotgan 2 000 nafardan ortiq inspektor psixologlar va soha vakillari qatnashdi.

➖ Yigʻilish avvalida oʻquvchilarning davomatini yaxshilash boʻyicha hamkorlikda olib borilayotgan ishlar alohida qayd etib oʻtildi. Taʼkidlanganidek, “Maktab – ota-ona – mahalla” tamoyili asosida birgalikda yoʻlga qoʻyilgan ishlar natijasida qisqa vaqt ichida oʻquvchilarning davomatida ijobiy oʻzgarishlar kuzatildi.  

➖ Hozirda yuqori sinf oʻquvchilari davomati bilan bogʻliq muammolar aniqlanib, tahlil etib kelinmoqda. Elektron platformaga kiritilgan davomat maʼlumotlari bilan ayrim sinflardagi real davomat oʻrtasida tafovut sabablari doimiy ravishda oʻrganib kelinmoqda.

➖ Yigʻilishda maktab direktorlarining davomat koʻrsatkichlarini aniq va ochiq koʻrsatish, buning uchun joylarda zarur tushuntirish ishlarini olib borish boʻyicha masʼullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

👉 Vazirlik hududiy boʻlinmalari rahbarlari, maktab direktorlari va inspektor-psixologlarga  davomat masalasini doimiy tahlil etib borish, aniqlangan kamchiliklarni oʻz muddatida bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.