Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 78-son qarori bilan “Oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitishda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va tadbirkorlik subyektlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi. (https://t.me/huquqiyaxborot/17439) Unga koʻra:
➖ oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitishda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bilan tadbirkorlar va hunarmandlarning oʻzaro hamkorlik qilish tartibi belgilandi;
➖ kasb toʻgaraklariga kasbga qiziqishi boʻlgan 7–11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi;
➖ 2025-yildan 8-sinf oʻquvchilari uchun sanoat, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, agrotexnologiya sohalaridagi korxona va tashkilotlarga ekskursiyalar tashkil etiladi;
➖ 2024-2025 oʻquv yili yakuniga qadar maktab bitiruvchilarini egallaydigan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihondan oʻtkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi joriy etiladi.