Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 9-май 2025, 21:49
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimizda “Milliy liboslar millat ko‘zgusi" shiori ostida chelenj tashkil qilindi


O‘zbek xalqining madaniyati, urf-odati va anʼanalari, milliy liboslari uzoq tarixga ega bo‘lib, dunyo tamadduni tomonidan ham eʼtirof etib kelinmoqda.  
Milliy qadriyatlarimizni yuksaltirish va xalqimiz orasida keng targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 14-fevral kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani 259-umumtaʼlim maktabida  “Milliy liboslar millat ko'zgusi" shiori ostida chelenj tashkil qilindi. 
Yosh avlodda milliy g‘urur hissini uyg‘otish, madaniy ildizlariga bo‘lgan hurmat va qiziqishni kuchaytirish, milliy urf-odat va anʼanalar bilan birga umuminsoniy axloq qoidalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bu kabi tadbirlar maktabimizda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda


Yunusobod tumani Maktabgacha va maktab
ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.