Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-июль 2025, 10:37
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimizda yoshlar festivali o‘tkazildi


Yunusobod tumanidagi Sobirobod MFYda joylashgan 259-maktabda yoshlar festivali o‘tkazildi. Ushbu tadbir "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida o‘tkazilib, yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali o‘tkazishga qaratildi.
Festival tashkilotchilari sifatida Yunusobod tuman hokimligi, tuman xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, mahalla bo‘limi, Madaniyat bo‘limi hamda 2-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi faol hamkorlik qildi.
Tadbirda turli yoshdagi o‘quvchi va yoshlar faol ishtirok etishdi. Ular sport musobaqalari, intellektual o‘yinlarda, raqs va qo‘shiq ijrosida, sahnaviy chiqishlarda o‘z iqtidorlarini namoyon etdi. 
Yozgi ta’til paytida ushbu kabi madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ijobiy faoliyatga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlar esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.