Hukumatning tegishli Qarori bilan, maktab taʼlimida davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
2025-yil 1-sentabrdan:
✅ xorijda taʼlim olib qaytgan Oʻzbekiston fuqarolari farzandlarini davlat umumtaʼlim maktabiga qabul qilish boʻyicha yangi davlat xizmati joriy etiladi;
✅quyidagi xizmatlarga Davlat xizmatlari markazlari (DXM) orqali ham ariza berish imkoniyati yaratiladi (avval my.gov.uz va my.maktab.uz orqali boʻlgan):
👉 Chet el fuqarolari farzandlarini maktabga qabul qilish;
👉 Eksternat tartibida imtihonlarda ishtirok etish uchun ariza berish;
👉 Shahodatnoma dublikatini olish.
✅ Eksternat tartibida imtihonlarda ishtirok etish uchun ariza qabul qilish muddati 1-fevraldan 1-aprelgacha etib belgilandi (bunga qadar 1-martdan 1-maygacha boʻlgan).